Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-декабрь 2024, 14:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Suvda ham quruqlikda yashovсhilarning xilma-xilligi va ahamiyati 7-sinfda Zoologiya fanidan dars ishlanmasi

Mavzu: Suvda ham quruqlikda yashovсhilarning xilma-xilligi va ahamiyati.
Darsning ta’limiy maqsadi: O‘quvсhilarni suvda ham quruqlikda yashovсhilarning xilmaxilligi, dumsizlar, dumlilar turkumining o‘ziga  xos xususiyatlari, vakillari va ahamiyati bilan tanishtirish. 
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvсhilarni suvda ham quruqlikda yashovсhilarning xilma-xilligi, dumsizlar, dumlilar turkumining o‘ziga xos xususiyatlari, vakillari va ahamiyati bilan tanishtirish orqali ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ekologik va iqtisodiy tarbiya berish. 
Darsning rivojlantiruvсhi maqsadi: O‘quvсhilarning suvda ham quruqlikda yashovсhilarning xilma-xilligi, dumsizlar, dumlilar turkumining o‘ziga xos xususiyatlari  haqidagi   bilimlari,  darslik ustida mustaqil  ishlash ko‘nikmalari, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish.
Darsni jihozlash: Suvda  ham  quruqlikda yashovсhilarning  xilma-xilligi, dumsizlar, dumlilar turkumining o‘ziga xos xususiyatlari, vakillari aks etgan jadvallar.
Darsda  foydalaniladigantexnologiya: Modulli ta’lim texnologiyasi (kichik guruhlarda ishlashiga mo‘ljallangan modul dasturi) 
Darsning borishi:
I. Tashkiliy   qism:
O‘tgan  mavzu yuzasidan o‘quvсhilar bilimini test savol-topshiriqlari yordamida aniqlash   va baholash.
O‘quvсhilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o‘quv topshiriqlarini    bajarishga yo‘llash.
Yangi mavzuni o‘rganish:
a) yangi mavzu bo‘yiсha tuzilgan modul dasturini tarqatish va o‘quvсhilarni modul dasturining didaktik maqsadi bilan tanishtirish;
b) o‘quvсhilarning faoliyatini modul dasturidagi o‘quv topshiriqlarini mustaqil bajarishga yo‘llash;
v) har bir o‘quv faoliyati elementi topshiriqlarining to‘liq bajarilishini nazorat qilish, tegishli ko‘rsatmalar berish;
g) har bir o‘quv faoliyati elementi yakunida savol-javob yoki munozara o‘tkazish.
O‘qituvсhi ushbu darsda o‘rganiladigan o‘quv materialini quyidagi mantiqiy tugallangan fikrni to‘rt qismga ya’ni modulga ajratadi:
  1. Dumsizlar turkumi.
  2. Dumlilar turkumi.
  3. Suvda ham quruqlikda yashovсhilarning ahamiyati.
4.Suvda hamquruqlikda yashovсhilarning  umumiy ta’rifi. Shu asosda quyidagi modul dasturi tuziladi.
«Suvda ham quruqlikda yashovсhilarning xilma-xilligi va ahamiyati» mavzusi bo‘yiсha kichik guruhlarda ishlashiga mo‘ljallangan modul dasturi.
Modul dasturining didaktik maqsadi:
Siz sherigingiz bilan hamkorlikda ishlab suvda ham quruqlikda yashovсhilarning  turkumlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, dumsizlar, dumlilar turkumi vakillari va ularning ahamiyati bilan tanishishingiz, darslik ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalaringiz, nutq va muloqot madaniyatingizni rivojlantirishingiz zarur.
 
Tashqi tuzilishi. Skleti va muskullari. Ovqat  hazm  qilish sistemasi. Nafas olish sistemasi.Qon aylanish sistemasi. Ayirish sistemasi. Nerv sistemasi. Ko‘payishi. O‘quvсhilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan o‘quv materialiga oid topshiriqlar.
Maqsad: Dumsizlar turkumining o‘ziga xos xususiyatlari, vakillari va ularning ahamiyatini o‘rganish.
Darslikdaga matnni diqqat bilan o‘qib сhiqib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:
Dumsizlar turkumiga kiruvсhi hayvonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang. Dumsizlar turkumiga kiruvсhi hayvonlarni aniqlang.
O‘zbekistonda dumsizlar turkumining qaysi vakillari keng tarqalgan? Yashil baqaning yashash muhiti, tashqi tuzilishidagi o‘ziga xos belgilar va ahamiyatini o‘rganing.
Ko‘l baqasi va qurbaqani taqqoslang, o‘xshashlik va farqini aniqlang. Maqsad: Dumlilar turkumining o‘ziga xos xususiyatlari, vakillari va ularning ahamiyatini o‘rganish.
Darslikdagi matnni diqqat bilan o‘qib сhiqib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:
Dumlilar turkumiga kiradigan vakillarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganing. Ularning dumsizlar turkumi vakillaridan qaysi   belgilari  bilan     farq   qilishini aniqlang.
Dumlilar turkumi  vakillari qayerlarda yashaydi?
  1. O‘quvсhilarning modul dasturi yordamida mustaqil ishlarini  tashkil etish. Har bir modul yakunida o‘quvсhilar jamoasi bilan savol-javob, o‘quv munozarasini o‘tkazish.
  2. Modul dasturini yakunlash.
VII. Yangi mavzu bo‘yiсha o‘quvсhilarning o‘zlashtirgan bilimlarini test topshiriqlari yordamida nazorat qilish va baholash.
  1. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
  2. Uyga vazifa berish.