Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-декабрь 2024, 14:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

9-sinflarga Informatika fanidan nazorat ishi testlari

1. Biror maqsadga erishishga qaratilgan, ijrochi bajarishi uchun mo‘ljallangan buyruqlar ketma-ketligi qanday ataladi? 
A) aniqlilik; 
B) algoritm ijrochisi; 
C) diskretlilik; 
D) algoritm. 
2. Algoritmda belgilangan buyruq yoki ko‘rsatmalarni bajarishga qodir mavhum (abstrakt) yoki moddiy (texnik, biologic yoki biotexnik) tizim – … 
A) diskretlilik;     
B) algoritm;     
C) algoritm ijrochisi;     
D) aniqlilik.
3. Algoritmning asosiy xossalarini ko‘rsating.   
A) diskretlilik, aniqlik, tushunarlilik, murakkab, natijaviylik;   
B) sodda, murakkab, tushunarlilik, ommaviylik, natijaviylik;       
C) diskretlilik, aniqlik, tushunarlilik, ommaviylik, natijaviylik;        
D) so‘zlar, jadval, formula, blok-sxema.                                                                                   
4. Algoritmning diskretlilik xossasining ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 
A) algoritmni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash kerak;                                              
B) algoritmda ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar yagona ma’noga ega, aniq mazmunli bo‘lishi shart;                               
C) ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar unga tushunarli bo‘lishi, ijrochining imkoniyatlariga javob berishi shart;  
D) har bir algoritm, o‘z mazmuniga ko‘ra, bitta turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli bo‘lishi  lozim.                     
5. Algoritmni tasvirlash usullarini kо‘rsating.   
A) chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi shaklda;          
B) sо‘zlar, jadval, formula, grafik, dastur shaklida;       
C) diskretlilik, aniqlik, tushunarlilik, ommaviylik, natijaviylik;     
D) sodda, murakkab, sikl shaklida. 
6. Algoritm turlarini kо‘rsating.    
A) sо‘zlar, jadval, formula, grafik, dastur;    
B) chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi;                               
C) diskretlilik, aniqlik, tushunarlilik, ommaviylik, natijaviylik;    
D) sodda, murakkab, sikl.                                                                                   
7. Barcha ko‘rsatmalari hech qanday shartsiz, faqat ketma-ket  bajariladigan  jarayonga … …………..deyiladi. 
A) takrorlanuvchi algoritm;   
B) tarmoqlanuvchi algoritm;   
C) chiziqli algoritm;     
D) aralash algoritm.                                                  
8. Agar hisoblash jarayoni qandaydir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar bo‘yicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlariga ……….. deyiladi.                       
A) tarmoqlanuvchi algoritm;    
B) chiziqli algoritm;    
C) takrorlanuvchi algoritm;    
D) aralash algoritm.                                                                                      
9. Birorta shart tekshirilishi yoki qandaydir parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlarga ……..... deyiladi. 
A) chiziqli algoritm; 
B) tarmoqlanuvchi algoritm;    
C) takrorlanuvchi algoritm;                                           
D) aralash algoritm. 
10. Tarkibida bir necha turdagi algoritmlar qatnashgan algoritmga ............ deyiladi.                   
A) kombinatsiyalashgan algoritm;             
B) takrorlanuvchi algoritm;          
C) tarmoqlanuvchi algoritm;      
D) chiziqli algoritm. 
11. Mantiq so‘zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?
12. Tafakkurning qanday shakllari mavjud?
13. Algoritm turlarini yozing.
14. Tarkibida bir necha turdagi algoritmlar qatnashgan algoritmga ... deyiladi?
15. Inson tomonidan idrok etiladigan atrofdagi voqelik [narsa (predmet), jarayon, hodisa]ning biror qismi ... deb ataladi.