Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-декабрь 2024, 14:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

9-sinflarga Tarix fanidan nazorat ishi testlari

1. Abdumalik to‘ra vafot etgan joy va vaqt mos berilgan javobni belgilang.
A) Peshavor/1909-yil
B) Xiva xonligi/1909-yil
C) Hindiston/1911-yil
D) Afg‘oniston/1911-yil
2. Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi Sirdaryo viloyati (a) va Yettisuv viloyati (b) markazlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
A) a-Samarqand, b-Verniy
B) a-Guliston, b-Bishkek
C) a-Jizzax, b-Bishkek
D) a-Toshkent, b-Verniy
3. Rossiya imperiyasining Buxoro amirligidagi vakili joylashgan shahar qaysi edi?
A) Koson
B) Samarqand
C) Kogon
D) Qorako‘l
4. Buxoro amiri tomonidan qatl etilgan Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi vakillari kim edi?
A) I.Volf va J.Abbot
B) Murkroft va Byorns
C) J.Abbot va A.Jekinson
D) Ch.Stoddart va A.Konnoli
5. O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi bosqichlarini to‘g‘ri moslashtiring.
1. birinchi bosqich; 2. Ikkinchi bosqich; 3. Uchinchi bosqich; 4. To‘rtinchi bosqich. 
a) 1847-1865-yillar; b) 1850-1860-yillar; c) 1865-1868-yillar; d) 1873-1879-yillar; e) 1860-1868-yillar; f) 1880-1885-yillar; g) 1868-1873-yillar; h) 1873-1885-yillar.
A) 1-b, 2-e, 3-g, 4-h
B) 1-a, 2-c, 3-d, 4-f
C) 1-a, 2-c, 3-g, 4-h
D) 1-b, 2-e, 3-d, 4-f
6. 1868-yilda Zarafshon okrugi tuzilganida kim uning harbiy gubernatori etib tayinlangan edi?          
A) M. Skobelev                   
B) N. Veryovkin     
С) I. Abramov                     
D) F. Romanovskiy
7. O‘rta Osiyo xonliklariga Angliya hukumati tomonidan yuborilgan shaxslarining tashrif buyurgan yillari bilan mos ravishda ko'rsatilgan javobni toping. 
1) Murkroft; 2) I. Volf;  3) J. Abbot;  4) A. Byorns
a) 1843-yil;  b) 1825-yil;  c) 1844-yil;  d) 1832-yil
A) 1-c, 2-b, 3-a. 4-d            
B) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d
C) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d            
D) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b
8. XIX asrda Toshkent shahrida nechta daha mavjud edi?
A) to‘rtta
B) oltita
C) sakkizta
D) o‘nta
9. Turkiston viloyati (a) va Turkiston general-gubernatorligi (b) tashkil etilgan yillarni belgilang.
A) a-1865-yil, b-1867-yil
B) a-1867-yil, b-1869-yil
C) a-1864-yil, b-1867-yil
D) a-1860-yil, b-1867-yil
10. Quyidagilarni o‘zaro muvofiqlashtiring.
1. Xiva xonligida asosiy soliq; 
2. O‘rta Osiyo xonliklarida chorvador aholi to‘lagan soliq; 
3. O‘rta Osiyo xonliklarida aholining ishlab berish majburiyati. 
a) solg‘ut; b) zakot; c) begar.
A) 1-с, 2-b, 3-a
B) 1-a, 2-b, 3-c
C) 1-b, 2-c, 3-a
D) 1-c, 2-a, 3-b
11. Petro-Aleksandrovsk shahri hozirda qanday nomlanadi?
12. Toshkent darvozasi deb nom olgan qo’rg’on qaysi edi? 
13. XIX asrning ikkinchi yarmida Toshkent shahrining nechta darvozasi bo‘lgan?
14. Kogon shahri Buxorodan necha kilometr uzoqlikda joylashgan?
15. Ikki tilda ijod qiluvchi ijodkorlar qanday nomlanadi?