Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-декабрь 2024, 14:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

8-sinflarga Tarix fanidan nazorat ishi testlari

1. Bobur Mirzo yosh bo’lganligi tufayli qaysi bekning yordamida davlatni boshqargan edi? 
A) Uzun Hasan      
B) Hoji qozi
C) Xusravshoh    
D) Xoji Abdullo
2. Quyidagilardan Buxoroda (1), Xivada (2), Qo‘qonda (3) hukmronlik qilgan sulolalarni toping.
a) qo‘ng‘irotlar; b) mang‘itlar; c) minglar.
A) 1-a, 2-b, 3-c  
B) 1-c, 2-a, 3-a  
C) 1-b, 2-a, 3-c  
D) 1-b, 2-c, 3-a
3. Qachondan boshlab (a) va qaysi manbalarda (b) “Dashti qipchoq”nomli geografik hudud tilga olinadi?
1) G’arb manbalarida; 2) Arab va turk manbalarida; 3) Arab va fors manbalarida; 4) Turk va fors manbalarida; 5) IX asrdan; 6) XI asrdan; 7) X asrdan; 8) XII asrdan.
A) a-7, b-4   
B) a-6, b-3      
C) a-5, b-1                 
D) a-8, b-2
4. Arabshohiylar sulolasi qaysi davlatda hukmronlik qilgan?
A) Xiva xonligi   
B) Qo‘qon xonligi
C) Buxoro xonligi   
D) Buxoro amirligi
5. Dahshti Qipchoqni sharqiy va g’arbiy qismlarga bo’lib turadigan geografik hududni belgilang?
A) Volga daryosi  
B) Ural daryosi  
C) Dnepr daryosi   
D) Po daryosi
6. Marv hozirgi qaysi davlat hududiga to‘g‘ri keladi?
A) Afg‘oniston  
B) Turkmaniston   
C) O‘zbekiston  
D) Eron
7. Qaysi Buxoro xoni markaziy hokimiyatni kuchaytirish maqsadida yirik yer egalari hamda Jo‘ybor shayxlarining ta’sirini kamaytirishga uringan?
A) Ubaydullaxon   
B) Abdullaxon II  
C) Imomqulixon                                       
D) Ubaydullaxon II
8. Astraxon shahri hozirgi qaysi davlat hududida joylashgan?
A) Qozog‘iston   
B) Ukraina    
C) Rossiya Federatsiyasi  
D) Turkmaniston
9. Ashtarxoniylar sulo­lasining birinchi hukmdori kim?
A) Boqi Muhammad   
B) Imomqulixon  
C) Vali Muhammad
D) Abulfayzxon
10. Shayboniylar sulolasi humkronligi  davrida mamlakatda adolat mezonlariga amal qilinishini quyidagi qaysi lavozim egasi nazorat qilgan?
A) dodxoh                              
B) otaliq   
C) parvonachi         
D) ko`kaldosh
11. 1557-1558-yillarda Buxoro xonligidan qaysi shaharga elchilar yuborilgan?
12. Rossiya bilan Buxoro munosabatlarida Buxoro xonligi fuqarolarining Makka shahriga Haj safariga borishi masalasida muhim o‘rin tutgan shahar qaysi edi?
13. Abdullaxon II ning harbiy yordami bilan Sibir xonligi taxtini egallagan shayboniy hukmdor kim edi?
14. Amir Shohmuroda davrida joriy etilgan urush kelib chiqqanida qo‘shinning xarajati uchun olingan soliq qanday atalgan?
15. Buxoro xonligida hukmdor uchun yig‘iladigan maxsus soliq turi nima deb atalgan?