Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-декабрь 2024, 14:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

9-sinflarga Ona tili va adabiyot fanidan nazorat ishi testlari

1. Biriktiruv bog'lovchisi qo'shma gapning qanday munosabatlarda bo'lgan qismlarini bog'lab keladi?
A. Payt, sabab-natija                                             
B. Payt, sabab-maqsad 
C. Shart, holat, natija                                            
D. O'rin, payt, natija
2. Zidlov munosabatli bog'langan qo'shma gap berilgan qatorni toping.
A. Termometr hamshiraning qo'lidan tushib ketdi-yu, bir tomchi simob yaltirab polga dumaladi.
B. Inobat qizishib ketib, pisandaga o'tganini endi payqadi-yu, uyalib yerga qaradi. 
C. Oradagi masofa yirog'-u, mehr bizni bog'lab turardi.
D. Gulchehra "piq" etib kuldi-da, cho'zilib tugunni oldi.
3. Zidlov bog'lovchilari qo'shma gaplarning qaysi qismida keladi?
A. Birinchi qism boshida                                                                                            
B. Birinchi qism oxirida  
C. Ikkinchi qism boshida                                                                                        
D. Ikkinchi qism oxirida
4. Ayiruv bog'lovchilaridan qaysi biri ham yakka, ham takror holda qo'llanishi mumkin? 
A. Bir, yo                                                                                                  
B. Ba'zan, yoki  
C. Yo, yoki                                                                                    
D. Dam, goh
5. Qismlari ergashtiruvchi bo’g’lovchilar yordamida bo’g’langan qo’shma qanday qo’shma gap hisoblanadi?
A. Bog'langan qo'shma gap   
B. Bog'lovchisiz qo'shma gap    
C. Ergashgan qo'shma gap  
D. Murakkab qo'shma gaplar
6. Ergashgan qo‘shma gaplar tuzilish jihatidan til birliklaridan qaysi biriga o‘xshaydi?
A. Qo 'shma so 'zlarga     
B. So'z birikmalariga  
C. Sodda gaplarga    
D. Iboralarga
7. Nisbiy so‘zli ergashgan qo'shma gaplarda bosh gap tarkibida qanday olmoshlar ishtirok etadi?
A. So'roq              
B. Ko'rsatish 
C. Belgilash          
D. Kishilik
8. Ergashgan qo'shma gap tarkibida shart bog'lovchilari qayerda keladi?
A. Ergash gap boshida keladi      
B. Ergash gap oxirida 
C. Bosh gap boshida                
D. Bosh gap oxirida.
9. ”Alpomish” dostonida aka-uka izza qilingan marosimni toping.
A. Chulunto‘y             
B. Chupron to‘y     
C. Kelin to‘y    
D. Ko‘pkari
10. Farhod qaysi mamlakat farzandi edi?
A. Eron   
B. Chin    
C. Xitoy   
D. Hirot
11. Agar shart mazmunini ifodalaydigan ergash gap tarkibida shart bog'lovchisi mavjud bo'lmasa, u bosh gapga qanday vosita yordamida bog'lanadi?
12. Ergashgan qo'shma gap qismlari deb so'zi yordamida bog'lansa, ergash gaplar qanday ma'nolarni ifodalaydi?
13. Bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshi ma'nosini izohlash uchun qo'llangan ergash gaplar bosh gapga qanday vosita yordamida bog'lanadi?
14. ”Alpomish” dostonida bir kam to‘qson alpning boshlig‘i kim?
15. ”Sayding qo‘yaber sayyod” asarining janrini va muallifini toping.