1. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kim haqida: «Birovlar Gajdumbekning quli der edi, birovlar o‘g‘li der edi», – fikrlari bildiriladi?
A) Gajdumbek
B) Ravshanbek
C) Rustambek
D) Shohdorxon
2. Mahmud Koshg‘ariy qaysi shaharda dunyoga kelgan?
A) Koshg‘ar
B) Bolasog‘un
C) Sayram
D) Taroz
3. Alp Er To‘nga haqidagi marsiyada keltirilgan, biroz eskirgan «ajun» so‘zi qanday ma’nolarda qo‘llangan?
A) yomon, yaramas, manfur
B) aqlsiz, ovsar, dumbul
C) vaqt, zamon taqdir
D) olam, dunyo
4. «Qissasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da: «Uzumg‘a uch marta suv quymoqni manga bersangiz topib beray», – deb kim aytadi?
A) tulki
B) shayton
C) sher
D) to‘ng‘iz
5. Moslashuv yo‘li bilan birikkan so‘z birikmalar qatorini belgilang?
A) bog’da sayr, kitob uchun g’ilof
B) bulbul navosi, so‘z sehri
C) diqqat bilan tinglash, kitobni o’qimoq
D) ijodiy uchrashuv, bahorgi shabada
6. Quyidagi gap qanday gap bo’laklaridan tuzilgan? Kuchli qarsak sadolari anchagacha tinmadi.
A) to’ldiruvchi, ega, aniqlovchi, kesim
B) ega, kesim, aniqlovchi, aniqlovchi, kesim
C) aniqlovchi, ega, aniqlovchi, aniqlovchi, kesim
D) aniqlovchi, aniqlovchi, ega, hol, kesim
7. Yaxshidir achchiq haqiqat, lek shirin yolg‘on yomon. Ushbu gapdagi kesim bo‘lib kelgan sifatlarni aniqlang.
A) yaxshidir
B) Ushbu gapda sifatlar kesim vazifasida kelmagan
C) yomon
D) yaxshigir, yomon
8. Umrini yashab bo`lgan tushunchalarni ifodalovchi qaysi so`zlar nofaol zaxiradan joy olmoqda?
A) Kolxoz, sovxoz, ateist.
B) Biznesmen, hokim, zobit.
C) Tashxis, tijorat, reyting.
D) Savdogar, kredit, birja.
9. Ilgari salbiylik bo`yog`iga ega bo`lgan qaysi so`zlar keyinchalik ijobiy bo`yoq kasb etmoqda?
A) Magistr, savdogar, nomoddiy.
B) Firma, litsey, internet.
D) Biznes, millioner, savdogar, kapital, parlament.
C) Millatparvar, modellashtirish.
10. O‘zbek tiliga xorijiy tillardan olingan so`zlarni toping.
A) Bakalavr, barter, magistr, kredit, reyting.
B) Fermer, dastur, kafolat.
C) Me‘yor, soha munosabat.
D) Mamlakat, millat, xalq.
11. Takroriy teng bog‘lovchilarni yozing.
12. Agar daraxt shoxlari yoz faslida sarg’aysa, kuz erta keladi. Sodda gap qismlarini bog’lovchi vositani ayting.
13. O‘zbek tili qaysi tillar oilasiga mansub?
14. ”Dahshat” hikoyasi qahramoni Unsinning otasining kasbi nima edi?
15. «Qisasi Rabg‘uziy»da insonlarning mast holda yurishi, umuman, spirtli ichimliklar ichishini qoralovchi aqida tasdig‘i uchun qaysi hikoyat keltirilgan?