Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-декабрь 2024, 14:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

9-sinflarga Biologiya fanidan nazorat ishi testlari

1. Biologiya fani nimalarni o`rganadi?
A) jonli va jonsiz tabiatni
B) tabiatdagi o`zgarishlarni
C) bakteriya va molekulalarni.
D) tirik organizmlarni 
2. Hujayrani o`rganuvchi biologiyaning bo'limi.
A) mikrobiologiya  
B) virusologiya  
C) anatomiya   
D) sitologiya 
3. Katakcha, uyacha, hujra ma’nolarini bildiruvchi biologik atama.
A) Hujayra  
B) organ
C) to`qima
D) atom
4. Qaysi olim 1665 yilda daraxt po`stlog`idagi po`kak to`qimani mikroskop yordamida ko`rib hujayrani kashf etdi?
A) A.Levenguk 
B) R.Guk   
C) R.Braun
D) M.SHleyden
5. Hujayra yadrosini qaysi olim kashf etgan?  
A) A.Levenguk   
B) R.Guk  
C) R.Braun
D) M.SHleyden
6. Quyidagi organizmlardan prokariotlarni ajrating.
1. zamburug`  2. g`o`za gommozi   3. lola   4. yomg`ir chuvalchangi  5. xlorokokk  6. qo`ziqorin   7. nostok  8. chinor.
A) 2, 5, 7  
B) 1, 5, 8  
C) 3, 4, 6   
D) 1, 6, 8
7. Quyidagi organizmlardan eukariotlarni ajrating.
1.zamburug`  2.g`o`za gommozi   3.lola   4.yomg`ir chuvalchangi   5.xlorokokk  6.qo`ziqorin  7.nostok  8.chinor.
A) 2, 5, 7, 8  
B) 1, 3, 5, 6, 8  
C) 3, 4, 5, 6, 7   
D) 1, 3, 4, 6, 8
8. Sitoplazmada qattiq holda uchrovchi kiritmalar nima deb ataladi?
A) orgonoidlar  
B) organellalar  
C) granulalar
D) vakuolalar
9. Hujayraning qaysi qismi ozgina shikastlansa ham o`zining bir butunligini oson va tez qayta tiklay oladi?
A) Lizosoma  
B) Yadro qobig`i 
C) Sitoplazmatik membrana  
D) Endoplazmatik to`r
10. Hujayra membranasining tanlab o`tkazish xossasi nima deb ataladi?
A) turgorlik
B) yarim o`tkazuvchanlik   
C) diffuziya  
D) A va B javoblar 
11. Qaysi organizmlar hujayralari hujayra qobig'i bilan o`ralgan bo`lib bu qobiq xitinsimon moddadan iborat?
A) bakteriya  
B) zamburug`  
C) o`simlik
D) hayvon  
12. Hujayraning qaysi qismi “Quvvat Manbai” deb ataladi?
A) mitoxondriya  
B) yadro  
C) golji majmui  
D) lizosoma   
13. Oqsillar tarkibida necha xil aminokislotalar uchraydi?
A) 10  
B) 15  
C) 20   
D) 25
14. Hujayrada katalizatorlik vazifasini qanday moddalar amalga oshiradi?
A) fermentlar  
B) tuzlar  
C) gormonlar   
D) yog`lar
15. Uglevodlar qanday organizmlarda ko`p bo`ladi?
A) o`simlik  
B) hayvon  
C) bakteriya
D) zamburug`