2025-yil 1-yanvardan boshlab bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati 45 ta tuman va shaharlarda joriy etiladi.
Fuqarolar maktabga bormagan holda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki vazirlikning elektron platformasi (my.maktab.uz) orqali onlayn ariza yuborishlari mumkin. Davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.
Elektron qabul tizimi ota-onalarga qulaylik yaratish bilan birga byurokratik to‘siqlar, ovvoragarchilik, inson omilini kamaytirishga qaratilgan.
Boshqa maktabga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati joriy etilgan hududlar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali (https://uzedu.uz/uz/news/1867) tanishish mumkin.