Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtdi. Tadbirda vazirlik mas'ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida masʼullar tomonidan sohada korrupsiyaga oid qonun buzilishi holatlarini oldini olish va bartaraf etish borasida olib borilgan ishlar haqida hisobot berildi.
Tadbir soʻnggida ommaviy axborot vositalari xodimlarining barcha savollariga masʼullar tomonidan batafsil javob berildi.