Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-декабрь 2024, 14:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Byudjetdan tashqari mablag' topish hamda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quvchilar uchun ixtiyoriylik asosida tashkil etiladigan pullik ta'lim xizmatlari ko'rsatishni tashkil etish” mavzusida o'quv seminari o'tkazildi


Joriy yilning 7 noyabr kuni Yunusobod tumanidagi 288-sonli umumta'lim maktabida “Byudjetdan tashqari mablag' topish hamda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quvchilar uchun ixtiyoriylik asosida tashkil etiladigan pullik ta'lim xizmatlari ko'rsatishni tashkil etish” mavzusida o'quv seminari o'tkazildi. Unda Yunusobod tumanidagi 288 - hamda Olmazor tumanidagi 29-sonli maktab direktorlarining bu boradagi tajribasi o'rtoqlashildi.

Ushbu o'quv seminariga byudjetdan tashqari sarmoya topish ko'nikmasi yaxshi shakllanmagan 115 ta maktab direktorlari va ularning o'quv-tarbiya ishlari bo'yicha o'rinbosarlari jalb etildi.

Eslatib o'tamiz, bu kabi o'quv seminarlari har oyda ikki marta tashkil etilishi belgilangan.



Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati