Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-декабрь 2024, 14:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Bugun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo'lib o‘tdi


Unda Toshkent shahar Hududiy saylov komissiyasi raisi Abdulla Magrupovning joriy yil 27-oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.
Sessiyada deputat Kalonov Rustam Abduhakimovich Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi etib saylandi.
Tadbirda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, Kengashning reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Toshkent shahar hokimi lavozimiga Shavkat Umurzakov nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan Shavkat Buranovich Umurzakov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.