Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-декабрь 2024, 14:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirolning ochiq ma’ruzasi o'tkazildi


Ochiq ma’ruzadan avval Jan Tirol Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bilan uchrashdi. Shundan soʻng u shaxsiy manfaatlar va ijtimoiy farovonlik oʻrtasidagi muvozanatni tushuntirib, xalq farovonligiga erishish boʻyicha qiziqarli ma’ruza oʻtkazdi.
Ochiq ma'ruzada 700 ga yaqin ilm-fan vakillari, iqtisodchilar, tadbirkorlar va talabalar qatnashib, o'zlari uchun yangi tajriba va bilimlarga ega bo'lishdi. 
Nobel mukofoti sovrindori bilan uchrashish va uning ma'ruzasida qatnashish yosh iqtisodchilar uchun ayniqsa, qiziq voqea bo'lib, ular o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.