Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-декабрь 2024, 14:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktablarda “Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yo‘lini to‘saylik!” shiori ostida ota-onalar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda


Avval xabar berilganidek, joriy yilning 30-sentabr kuni Davlatimiz rahbari pedagoglar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida yurtimizdagi barcha ota-onalar, ustoz va murabbiylarga murojaat qilib, yoshlarning taʼlim – tarbiya masalasiga alohida to‘xtalgan edi. 

Ayni kunlarda yurtimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida yig‘ilish o‘tkazilib, direktor tomonidan keng jamoatchilik ishtirokida ota-onalarga murojaat yo‘llanmoqda. 

Murojaatlarda o‘quvchilar tarbiyasida ota-onaning o‘rni alohida ahamiyat kasb etishi, bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda maktab bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish dolzarb ekani taʼkidlab o‘tildi.

Shuningdek, ota-onalar o‘z farzandlarini tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, urf-odatlarni hurmat qilishga o‘rgatishi, ularning qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish, ekologik madaniyat, farzandlar vaqtini behuda o‘tkazmaslikka ahamiyat berishi zarurligi qayd etildi. 

Yoshlarning hayotiy muammolariga yana-da ko‘proq eʼtibor qaratish, ularning ezgu intilish va tashabbuslari, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash eng asosiy, hal qiluvchi vazifa ekani taʼkidlandi.