Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-декабрь 2024, 14:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Davlat dasturining Xalq ta’limi tizimidagi birinchi chorak yakunlari sarhisob qilindi


Joriy yilning 22 aprel kuni Milliy matbuot markazida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Davlat dasturida belgilangan vazifalarning joriy yil I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Anjuman avvalida Usmon Sharifxodjayev Davlat dasturida belgilangan vazifalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Xususan,  ta’lim mazmunini yangilash va pedagoglarning bilimini yaxshilashga alohida urg‘u berilganini ta’kidladi.
Shuningdek, 2022 yilda 296 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchi metodika kitoblarini yaratish belgilangan bo‘lib, hozirgi kunga qadar 3-sinflar uchun 77 nomdagi darslik, mashq daftari va o‘qituvchi metodik qo‘llanmalari hamda 3-sinflar uchun 6 fandan 26 nomdagi multimediali ilovalar yaratilganini qayd etdi va sohada olib borilayotgan qator islohotlarga  to‘xtalib o‘tildi.
Anjuman so‘ngida OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga Xalq ta’limi vazirligi mas’ullari tomonidan batafsil javob berildi.

Matbuot anjumani PRESS-RELIZI