Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-декабрь 2024, 14:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"Ta'lim tizimida yangicha yondashuv" mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo'lib o'tdi

Bugun Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumta'lim maktabida "Ta'lim tizimida yangicha yondashuv" mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo'lib o'tdi. Unda tumanning barcha maktab direktorlari hamda lavozimga yangi tayinlangan poytaxtimizning 47 nafar direktori ishtirok etdi.
Seminarda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan umumta'lim maktabi direktorlari va ularning o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlariga o'quv yili oldidan muhim yo'nalishlarda tushunchalar berib o'tildi. 
Shuningdek, taʼlim muassasalarining 2024-2025-oʻquv yili uchun mo‘ljallangan 4 turdagi oʻquv rejalari, jumladan, taʼlim muassasalari yuqori sinf oʻquvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga koʻra, tanlov fanlari hamda biznes va kasb-hunar yoʻnalishlari, ikkinchi xorijiy tilni o'qitilishi kabi masalalar yuzasidan tavsiyalar berildi.