Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-декабрь 2024, 14:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Ota-onalar o‘rtasida ijtimoiy so’rovnoma o‘tkazildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Axborot xizmati tomonidan bolalarning yozgi ta'til davomida nimalar bilan band ekanligini aniqlash maqsadida ota-onalar o‘rtasida ijtimoiy so’rovnoma o‘tkazildi. 
Unda 4668 kishi ishtirok etdi. Natijalar quyidagicha:
Ishtirokchilar javoblaridan ko‘rish mumkinki, yozgi ta'til davomida o‘quvchilarning katta qismi qo‘shimcha darslarga qatnashadi (51%). 
Bu bilan ular yangi o‘quv yiliga tayyorlanishadi, yozning 3 oyidan unumli foydalanib, yangi ko‘nikmalarni qo‘lga kiritishadi. 
So‘rovnomada qatnashgan 42% ota-onalar esa farzandim ta'til davomida uyda, uy ishlariga yordamlashadi, deb javob berishgan. 
Undan keyingi o‘rinda bolalarning ta'til davomida bobo-buvisinikida (12%) va oromgohlarda (10%) o‘tkazishi ko‘rsatkichi egallaydi. 
Ishtirokchilarning 5 foizi bolalari ta’tilni xorijda o‘tkazishlarini bildirishgan.