Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-декабрь 2024, 14:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Zakovat” intellektual oʻyini doirasida “Vazir kubogi” tashkil etildi

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 20-yanvardagi 96-son qaroriga asosan “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi, xususan davlat xizmatchilari oʻrtasida keng ommalashtirish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur vazifalar ijrosi doirasida bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Vazir kubogi” tashkil etildi.
Zakovat intellektual klubi bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan musobaqada vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda maktabgacha va maktab taʼlim muassasalari pedagoglaridan iborat jami 72 ta jamoa (420 nafar ishtirorkchi) gʻoliblik uchun oʻzaro bahs olib borishdi.

Qizgʻin va doʻstona ruhda boʻlib oʻtgan “Zakovat” intellektual oʻyini natijalariga koʻra:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi markaziy apparatining “Blockchain” jamoasi — 1-oʻrin;
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Usturlob” jamoasi — 2-oʻrin;
Vazirlik tizimidagi “Oʻzbekiston” NMIUning “Strike” jamoasi — 3-oʻrinni egallashdi.

Musobaqaning peshqadam jamoasi — “Blockchain” vakillari Vazir kubogi qo‘lga kiritdi. 

Shuningdek, gʻolib jamoalar tegishli ravishda oltin, kumush, bronza medallari, maxsus Diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.