Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-декабрь 2024, 14:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Germaniyada xalqaro simpozium o'tkazildi


Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan Germaniyaning Myunxen texnika universitetida “Chegaralarsiz: Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim, fan va sanoat bo‘yicha hamkorlikning yangi bosqichi imkoniyatlari” mavzusida xalqaro simpozium bo’lib o’tdi.
Simpoziumni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi. 
Unda yurtimizdan Energetika vazirligi, “O‘zavtosanoat” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “Olmaliq KMK” AJ, “Navoiy KMK” AJ “O‘zcharmsanoat” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari ham ishtirok etishdi.
Tadbirda Germaniyaning ilg'or universitetlari va Siemens, Knorr-bremse, Airbus, Deloitte, IT4IPM, Linde kabi nufuzli nemis sanoat kompaniyalari ham qatnashdi.
Simpozium davomida mamlakatimizda ta'lim, ilm-fan va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusida Germaniyaning bu boradagi ilg‘or tajribasi asosida yaxlit tizim yaratish maqsad qilingan.