Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 20-декабрь 2024, 09:36
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-55-son Farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars oʻtish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzurida jamoatchilik asosida tizim maktab oʻqituvchilaridan iborat STEM fanlari boʻyicha Fan kengashlari hamda shu maktablar bitiruvchilaridan iborat Bitiruvchilar kengashi, oʻquvchilarning innovatsion gʻoyalari va ishlanmalarini rivojlantirish maqsadida "Yosh akademiklar" klublari tashkil etiladi;
Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda chet tilini bilish boʻyicha kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida oʻqitish amaliyoti joriy etiladi;
mazkur maktablarda matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar (science), informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darslarni chet tilida olib borgan oʻqituvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 100 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi;
Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan Prezident maktablarining mahalliy oʻqituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi (belgilangan maʼlum shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda);
har yili umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida taʼlim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim oʻzgarishi va qishloq xoʻjaligi kabi yoʻnalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishni nazarda tutuvchi "Ixtirochilikka qadam" tanlovi oʻtkaziladi.

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tajriba-sinov tariqasida "Yangi Oʻzbekiston" universiteti bilan oʻzaro integratsiyalashgan oʻquvchilarni muhandislik asoslariga oʻrgatish boʻyicha taʼlim dasturlari joriy qilinadi.

Farmonning to‘liq matni