Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 19-декабрь 2024, 11:47
 Bosh sahifa  Mobile versiya

TALIS 2024 tadqiqotlariga start berildi


Bugun Respublikamiz boʻylab 210 ta umumtaʼlim maktabida xalqaro TALIS 2024 (The Teaching and Learning International Survey) tadqiqoti boshlandi.

Ayni vaqtda tasodifiy reprezentativlik tamoyili asosida tanlab olingan mazkur maktablarda tadqiqot jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.

✔️Unda maktab direktorlari va ularda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar ishtirok etmoqda.

Oʻqitish va taʼlim olish muhitini oʻrganishga qaratilgan mazkur xalqaro tadqiqotda ishtirokchilar soʻrovnoma toʻldirish orqali belgilangan savollarga javob berib oʻtadi.

📍 Xususan, maktab rahbariyatining boshqaruv faoliyati, oʻqituvchilarning oʻqitish va kasbiy amaliyoti, taʼlim darajasi, maktab muhitiga qator yoʻnalishlar doir boʻyicha ishtirokchilarning fikrlari inobatga olinadi.

❕Maʼlumot uchun: tadqiqotda dunyo boʻylab 52 ta (Oʻzbekiston birinchi marotaba) mamlakat qatnashmoqda.

TALIS 2024 tadqiqotlari 18-aprelga qadar davom etadi.