Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-декабрь 2024, 13:12
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi. 
Davlatimiz rahbari yig‘ilishda “O‘zbek tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilariga ham xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan boshqa fan o‘qituvchilaridan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanishi adolatdan bo‘lishini ta’kidladi.
Shu maqsadda milliy sertifikatga ega bo‘lgan “O‘zbek tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilariga kelgusi o‘quv yilidan boshlab 50 foiz ustama to‘lanishi aytib o‘tildi.
O‘zbek tili bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasi o‘tkazilishi, g‘olib va sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanishi hamda oliygohlarga o‘zbek tili filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilandi.