Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-декабрь 2024, 13:12
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Italiya Maorif vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi o‘rtasida hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev Italiyaning Rim shahrida dunyoning 70 dan ortiq mamlakati taʼlim sohasi rahbarlari bilan PISA boshqaruv Kengashining 55-kongressida ishtirok etayotgani haqida avvalroq xabar bergandik 
Tashrif doirasida Usmon Sharifxodjayev Italiya Maorif vaziri Juzeppe Valditara bilan uchrashib, hamkorlik aloqalari, jumladan, ikki davlat o‘rtasida pedagoglar malakasini oshirish,  maktablar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, O‘zbekiston maktablarida italian tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Italiya Maorif vaziri o‘rtasida hamkorlik kelishuvini imzolashga kelishib olindi hamda kelishuv loyihasi muhokama qilindi.