Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-декабрь 2024, 13:12
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovida qatnashish uchun 7 mingga yaqin maktab ro‘yxatdan o‘tdi

Tanlovning tuman  (shahar) bosqichi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning aprel oyida o‘tkazilishi reja qilingan bo‘lib, ayni vaqtga qadar  7 mingga yaqin maktablar tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan. 
Shundan, 6316 ta maktab ingliz tili, 203 ta maktab nemis tili va 176 ta maktab fransuz tili bo‘yicha sinovlarga kirishadi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomiga ko‘ra, Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab tanlovi har yili ingliz, nemis, fransuz tillari (xorijiy tillar) o‘qitiladigan maktablar o‘rtasida o‘tkaziladi.
 
Mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichi g‘oliblari
1-o‘rin uchun – 100 million so‘m;
2-o‘rin uchun – 75 million so‘m;
3-o‘rin uchun – 50 million so‘m miqdorida;
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar (viloyat) bosqichi g‘oliblari
1-o‘rin uchun – 250 million so‘m;
2-o‘rin uchun – 200 million so‘m;
3-o‘rin uchun – 150 million so‘m miqdorida;
 
Respublika bosqichi g‘oliblari
1-o‘rin uchun – 500 million so‘m;
2-o‘rin uchun – 400 million so‘m;
3-o‘rin o‘rin uchun – 300 million so‘m miqdorida mukofotlanadi.
“Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan tanlovning mukofot jamg‘armasi 54 mlrd so‘mni tashkil qilib, bunda g‘olib maktab qariyb 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan pul mukofotini qo‘lga kiritadi.
Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichi may oyida, uchinchi (respublika) bosqichi esa avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.