Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-декабрь 2024, 14:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Хotin-qizlar uchun psixologik trening uyushtirildi

Bugun poytaxtimizdagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nodira Umarova rahbarligida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan, migratsiyadan qaytib kelib og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan hamda profilaktik va probatsiya hisobida turgan ayollar uchun sayyer qabul o‘tkazildi.
Unda ichki ishlar bosh boshqarmasi, prokuratura, bandlik, majburiy ijro byuro, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va adliya idoralari mutasaddilar fuqarolarni o‘ylantirayotgan hamda yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan murojaatlarini tingladi. Muammolarni ijobiy hal qilish borasida fikrlashib, zarur chora-tadbirlarni belgilab oldilar.
Shuningdek, tadbir doirasida mazkur toifadagi xotin-qizlar uchun psixologik trening uyushtirildi.
Fuqarolar sayyor qabulida Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i Nilufar Husanboyeva ishtirok etdi.



Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati