Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-декабрь 2024, 14:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

4-"G" sinfida “Quyosh tizimi sayyoralari” mavzusida ochiq dars o'tkazildi

Bugun 250-sonli umumta'lim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Azizova.N.A 4-"G" sinfiga ochiq dars o'tkazdilar. Dars “Quyosh tizimi sayyoralari” mavzusida bo'lganligi sababli, o'quvchilarning bilimlarini faqat nazariy tomondan emas, balki amaliy tomondan ham rivojlantirish maqsadida poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan Toshkent shahar planetariyasi muzeyida olib borildi. Sinf rahbari o'quvchilarni Planetariyning 50-60 kishiga mo‘ljallangan namunaviy zaliga olib kirib maxsus proyektor va tanlab olingan slaydlar yordamida koinotimiz tubiga sho‘ng‘ib, metioritlar, Shimol yog‘dusi, turli kattalikdagi kometalarni ko‘rsatib, ularga tushuntirib, ma'lumotlar berildi. Undan keyin, sinf rahbari o'quvchilarni  ko'rgazma zaliga olib chiqib ularni zaldagi eksponatlar bilan tanishtirib ular haqida ma'lumotlar berib o'tdilar. O'quvchilarning olgan bilimlarini tekshirish maqsadida ularga savollar berib, bilimlari mustahkamlandi.