Shu yilning 5-sentyabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani 250-sonli maktabda "Yangi O‘zbekistonda el aziz,inson aziz!" shiori ostida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Yunusobod tuman Xalq ta'limi bo‘limi vakili S.K.Muslimova, Yunusobod tuman prokuror o‘rinbosari U.H.Abdullayev, tuman "Buvijonlar maktabi" raisasi Z.Xamidova, "Sevinch" MFY raisi M.Saidxodjayev, tuman IIB profilaktika inspektorlari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari, mahalla faollari ishtirok etishdi. 1-sinf o'quvchilariga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi va darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari sinf rahbarlari tomonidan topshirildi. Shuningdek, tadbirdan so'ng maktabda 2022/2023-o‘quv yilining birinchi dars soati – “Mustaqillik darslari” o‘tkazildi. Ushbu darslarda istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar, yoshlar tomonidan qo‘lga kiritilgan katta g‘alabalar hamda milliy tarixning yorqin lavhalari haqida so‘z yuritildi.