Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-декабрь 2024, 14:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Xalqaro ekspertlar O‘zbekistonda o‘qituvchilarni pedagogik mahoratini oshirish bo‘yicha belgilangan ishlarni yuqori baholadi

Ta’limni transformatsiya qilish bo‘yicha sammit doirasida Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev “O‘qituvchilar, ta’lim va o‘qituvchilik kasbi” mavzusidagi sessiyada ishtirok etdi. Tadbirda ma’ruzachilar sifatida 4 qit’a ya’ni Yevropa, Janubiy Amerika, Afrika va Osiyo (Portugaliya, Urugvay, Nigeriya va O‘zbekiston) vakillari hamda 32 million nafar o‘qituvchini birlashtirgan “Education International” o‘qituvchilarining eng yirik assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. 
Usmon Sharifxodjayev o‘z chiqishida O‘zbekistonda o‘quvchilarning ilk bor ta’lim sifatini baholash bo‘yicha tadqiqotlarda ishtirok etayotgani, mehnat bozoriga va 21-asr ko‘nikmalariga asoslangan yangi o‘quv dasturini joriy etilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘qituvchilarni o‘z ustida ishlashi va transformatsiyasida asosiy dolzarb vazifa ekanligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, u o‘z nutqida pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimini o‘zgartirish va o‘qituvchilarni sertifikatsiyalash tizimini joriy etish ishlari haqida gapirdi.
Muhokama ishtirokchilari O‘zbekistonda o‘qituvchilarni bilim va pedagogik mahoratini oshirish ustida ishlashga undashi mumkin bo‘lgan o‘qituvchilarni sertifikatlash tizimi ta’lim sifatini o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatishini alohida qayd etdilar.



Manba: www.uzedu.uz