Joriy yilning 8-yanvar kuni soat 15:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktab ta’limi sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot tashkil etiladi.
❗️Muloqot doirasida vazirlik mas’ullari tomonidan o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish, fuqarolarga dublikat shahodatnomalarini berish va boshqa davlat xizmatlarini ko‘rsatishga doir savollarga batafsil javob beriladi.