Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-декабрь 2024, 14:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Diqqat e'lon!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Koreya elchixonasi huzuridagi Ta'lim markazi bilan hamkorlikda  o‘qituvchilar uchun Koreyada ishlash imkonini beruvchi qo'shma loyiha e’lon qilinmoqda.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlardan quyidagilar talab qilinadi:
➖ O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi;
➖umumta’lim maktablaridagi kamida 5 yillik ish tajribasi;
➖eng kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lish (nomzod O‘zbekistondagi yoki Koreyadagi oliy ta’lim muassasasini tamomlagan bo‘lishi lozim);
➖koreys tilini bilishi (TOPIK 4 va undan yuqori darajada).

Loyihada ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjatlar:
➖Ariza;
➖Pasport nusxasi;
➖Rasm;
➖TOPIK sertifikati nusxasi (sertifikat bo‘lmagan taqdirda, talabgorning koreys tiliga oid bilimlari onlayn intervyu tarzida tekshirib olinadi);
➖Mehnat staji haqida ma’lumotnoma;
➖Tavsiya xati;
➖Ta’lim hujjatlari apostili;
➖Viza olish uchun ariza;
➖Muqaddam sudlanmaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (apostil tarzida);
➖Tibbiy ma’lumotnoma.

Hujjatlar joriy yilning 4-oktabriga qadar tashkec.uz sayti orqali qabul qilinadi. 

Hujjatlar va loyiha haqida batafsil ma’lumot uchun: 71 291 81 82 (ichki raqam 121, 113).