Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-декабрь 2024, 14:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

DIQQAT, E'LON!

"O‘qituvchilar almashinuvi Koreya-O‘zbekiston 2024" loyihasi uchun pedagoglar tanlab olinadi!

✅ Mamlakatimiz maktablarida koreys tilidan dars berayotgan o‘qituvchilar uchun xushxabar!

Endi sizda Janubiy Koreyada tajriba oshirish imkoniyati mavjud.

➖ Mazkur loyihada ishtirok etish uchun oliy ma’lumotli hamda ta’lim muassasasida koreys tilidan dars beruvchi o‘qituvchilar ariza topshirishi mumkin.

❗️Loyiha bo‘yicha 5 nafar o‘qituvchi tanlab olinadi. Ular Koreyada 2024-yilning 1-martidan 2025-yilning 28-fevraliga qadar faoliyat yuritishadi.

Nomzodlar uchun talablar:

➖O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
➖Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritishi;
➖ Koreys tilini yaxshi bilishi;
➖Koreys tilidan (TOPIK) sertifikatiga, Ta’lim markazi yoki King Sejong institutida koreys tili kurslarini tamomlaganlik sertifikatlari va boshqa sertifikatlarga ega bo‘lishi;
➖ Oldingi ish joyiga qaytgandan keyin kamida 4 yil ishlashi (majburiy);
 ➖Koreya vizasini olishda cheklovlar bo‘lmagan shaxslar bo‘lishi kerak.

❗️Ilovalarni tashkec.uz sayti orqali yuklab olish mumkin.

Hujjatlarni kectash@gmail.com elektron pochtasiga yuborishingiz so'raladi.

⚡️Gʻoliblarga ikki tomonlama aviachiptalar, har oylik maosh, turar joy va tibbiy xizmat to‘lovlari to‘lab beriladi.

✅Qo‘shimcha ma’lumotlarni  +998 93 044 3209 hamda +998 93 301 3301 telefon raqamlari bilan bog‘lanib olish mumkin.