Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-декабрь 2024, 14:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Hurmatli ustozlar!

Davlatimiz rahbari tomonidan o‘qituvchi va pedagoglarning jamiyatdagi mavqeini oshirish, ularning faoliyatiga aralashuv holatlarini cheklash va o‘qituvchilarni ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish jarayonlarini oldini olish bo‘yicha bergan topshiriqlarini ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tegishli normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilmoqda.
Bugungi kunda o‘qituvchilarni xizmat majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan qanday ishlarga jalb etilayotgani bilan bog‘liq mavjud amaliyotni imkoni boricha kengroq o‘rganish maqsadida ma’lumotlar o‘rganilmoqda.
Shu bois quyidagi bot manziliga maktabingizda o‘qituvchilar qaysi idoralar tomonidan va aynan qanday turdagi ortiqcha ishlarga jalb qilinayotganligi haqida ma’lumot qoldirishingizni so‘rab qolamiz.

Fikr-mulohazalar uchun bot manzili: https://t.me/xtv_nazorat_bot