Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 18-июнь 2025, 21:21
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Umumta’lim maktablari direktorlari va pedagoglari diqqatiga!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan umumta'lim maktablarining koreys tili o‘qituvchilarini kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlanganligini e’lon qilamiz. 

Ushbu kurslar:

➖ joriy yilning iyul — avgust oylarida — oflayn ta’lim shaklida;
➖ sentabr — (2026-yil) yanvar oylarida — masofaviy (online) ta’lim shaklida bo'lib o'tadi.

Ushbu kursda bakalavr darajasidan kam bo‘lmagan oliy ma’lumotga ega:

➖ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari (o‘zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillari);  
➖ chet tili fani o‘qituvchilari;
➖ rus tili fani o‘qituvchilari;
➖ davlat tili (o‘zbek tili) fani o‘qituvchilari;
➖ filologiya va chet tillar bo‘yicha kadrlar tayyorlash sohasi mutaxassislari ishtirok etishi mumkin:.

🌐 Pedagoglar mazkur kursda ishtirok etishlari uchun qaytatayyorlov.kl@gmail.com elektron pochta manziliga quyidagi hujjatlar nusxalari hamda ma‘lumotlarni yuborishlari lozim:

➖Oliy ma’lumot diplomi nusxasi;
➖Pasport nusxasi;
➖Maktab rahbariyati tomonidan berilgan rasmiy yo‘llanma;
➖Telefon raqami;
➖Elektron pochta manzili.

⏳ Hujjatlar qabuli 2025-yil 5-iyuliga qadar davom etadi.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun +998500036179 raqami bilan bog‘lanishingiz mumkin.