Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 7-октябрь 2024, 17:11
 Bosh sahifa  Mobile versiya

11-sinflarga Tarix fanidan nazorat ishi testlari

1. O`zbekiston SSR Mustaqillik Dekloratsiyasi qachon qabul qilingan?
A) 1991-yil 18-noyabr
B) 1990-yil 24-mart
C) 1989-yil 23-iyun
D) 1990-yil 20-iyun
2. 1991-yil 19-21-avgustda Moskvada kimning boshchiligida davlat to’ntarishi sodir etilgan?
A) G.Yanayev
B) B. Yelsin
C) G. Ivanov
D) M. Molotov
3. 1989-yil 21-oktabrda O’zbekiston SSR Oliy Kengashining o’n birinchi chaqiriq o’n birinchi sessiyasida quyidagi qaysi qonun qabul qilingan?
A) “Davlat tili haqida”gi Qonun
B) “Mustaqillik deklaratsiyasi”
C) “O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g’risida”gi qonun
D) “O’zbekistonning davlat ramzlari to’g’risida”gi qonun
4. O’zbekistonning 1-Prezidenti I. Karimov 1-xorijiy safari qaysi davlatga uyushtirilgan?
A) Hindiston
B) Pokiston
C) Xitoy
D) Yaponiya
5. «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonun jami necha moddadan iborat?
A) 31 moddadan
B) 17 moddadan
C) 24 moddadan
D) 19 moddadan
6. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tarkibiga qanday qismlar kiradi?
A) muqaddima, 6 bo’lim, 29 bob, 128 modda
B) muqaddima, 6 bo’lim, 26 bob, 128 modda
C) muqaddima, 6 bo’lim, 27 bob, 128 modda
D) muqaddima, 6 bo’lim, 26 bob, 126 modda
7. 2000-yil 9-yanvar kuni bo’lib o’tgan Prezidentlik saylovida Islom Karimov o’z nomzodini qaysi partiyadan qo’ygan edi?
A) Fidokorlar milliy demokratik partiyasidan
B) Adolat sotsial demokratik partiyasidan
C) Vatan taraqqiyoti partiyasidan
D) Xalq demokratik partiyasidan
8. O’zbekistonda qachon Vitse-prezidentlik lavozimi tugatilib, O’zbekiston Respublikasining Bosh Vaziri lavozimi ta’sis etildi?
A) 1992-yil 4-yanvarda
B) 1991-yil 29-dekabrda
C) 1992-yil 8-dekabrda
D) 1990-yil 24-martda
9. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yaratish ustida necha yil ish olib borilgan?
A) 4 yil
B) 2,5yil
C) 2 yil
D) 1,5yil
10. Sessiya so`zi qaysi tildan olingan?
A) inglizcha
B) nemischa
C) lotincha
D) ruscha 
11. XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi norozilik namoyishlari va ular natijasida yuz bergan hokimiyat almashinuvlarining umumiy nomini anglatuvchi atamani yozing.
12. B. Yelsin iste’foga chiqqach, Rossiyada vaqtinchalik prezident lavozimini kim egallagan?
13. Qaysi davlatda madhiya yozgan shoirga “Milliyshoir” maqomi berilgan?
14. Hozirda BMTga a’zo nechta mamlakatda Prezidentlik lavozimi ta’sis etilgan?
15. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi quyi palatasi qanday nomlanadi?