Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 7-октябрь 2024, 17:11
 Bosh sahifa  Mobile versiya

8-sinflarga Huquq fanidan nazorat ishi testlari

I–variant                      
1. Jamiyat bu?
a) Jamlangan odamlar jamoasi
b) Majbur qilish kuchiga ega bo’lgan tashkilot 
c) Muayyan vakolatga ega bo’lgan shaxslardan iborat jamoa
d) Muayyan hududda yashovchi  kishilarning malum tarzda tashkil topgan jamoasi
2. Quydagilardan qaysi biri davlatning ichki funksiyalariga kiradi? 
a) Soliqlar joriy etish
b) Bojxona nazorati
c) Xalqaro munosabat
d) Diplomatik aloqa
3. Javoblar orasidan davlatning paydo bo’lishida eng muhim o’rin tutgan omilni aniqlang?
a) Ilm–fan rivoji
b) Qabilalar o’rtasidagi urushlar
c) Ijtimoiy mehnat taqsimoti va xususiy mulkning paydo bo’lishi
d) To’g’ri javob yo’q
4. Davlat boshlig’i umrbod hokimiyatni amalga oshiradigan davlat …. deb ataladi?
a) Respublika
b) Monarxiya
c) Unitar davlat
d) Quldorlik davlati
5. Javoblar orasidan ma’muriy – hududiy birliklar keltirilgan qatorni toping?
a) Respublika, Monarxiya
b) Mahalla, ovul, qishloq, xonadon
c) konsullik elchixona
d) viloyat, shahar, tuman,qishloq
6. Siyosiy tartibotiga ko’ra davlatlar qanday turlarga bo’linadi?
a) Respublika, Monarxiya
b) Demokratik va Nodemokratik
c) Qonuniy va Noqonuniy
d) Sodda va murakkab
7. O’zbekiston davlatining tashqi funksiyalarini aniqlang?
a) Tashqi iqtisodiy aloqalar, mamlakat mudofasi, deplomatik aloqalar
b) Nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lish
c) Chet el sarmoyalariga yo’l ochish, soliqlar joriy etish
d) Aholining ijtimoiy himoyasi 
8. Davlat shakllarini aniqlang
a) boshqaruv shakli va tuzilish shakli
b) boshqaruv, tuzilish shakli va siyosiy tartibot
c) Federativ, konfederativ, unitar
d) boshqaruv va ma’muriy–hududiy bo’linish
9. Davlat  organi - ……..
a) Davlatning majburlov  aparati
b) Davlat nazorat organi
c) Vakolatli davlat idorasi
d) b va d javoblar to’g’ri
10. Davlat organlari necha turga bo’linadi?
a) 3 turga
b) 4 turga
c) 5 turga 
d) 6 turga
11. Davlat  mexanizmi-……..
a) davlat organlarining yaxlit tizimi
b) Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar
c) huquqni muhofaza etuvchi organlar
d) Barchasi 
12. O’zbekiston Respublikasi asosiy qonunini aniqlang?
a) Konstitutsiya
b) Prezident farmoni
c) Hukumat qarori
d) Oliy majlis qonuni
13. Davlatni huquqqa bo’lgan munosabatiga qarab ……… turlariga ajratish mumkin.
a) Etatik, qonuniy va huquqiy
b) Huquqiy, fuqarolik va etatik
c) Etatik, huquqiy va oraliq
d) Fuqarolik, etatik va oraliq
14. Huquqiy davlatda davlat boshqaruvi ……… tayanadi.
a) Qonun chiqaruvchi hokimiyatning boshqa hokimiyatlarga nisbatan ustunligi
b) Huquqning ustivorligiga
c) sud hokimiyatining ustivorligiga
d) Ijro etuvchi hokimiyat vakolatlarining ustivorligiga.
15. “Jamiyat” tushunchasi  “Fuqarolik jamiyati” tushunchasi……
a) dan farq qiladi
b) ning tarkibiy qismidir
c) ni to’ldiradi
d) bilan bir xildir
16. O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi kuni …………
17. O’zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i ……….
18. O’zbekiston Respublikasi Oliy vakillik organi …….
19. Davlatning nechta belgisi bor?
20. Davlat funksiyalari qanday turlarga bo’linadi?
21. Qonuniylik va tartibni ta’minlash, fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish davlatning qaysi funksiyasiga kiradi?
22. Monarxiya so’zining lug’aviy ma’nosi qanday?
23. Respublika boshqaruv shakli qanday turlarga bo’linadi?
24. Monarxiya qanday shakllarda bo’ladi?
25. Buyuk Britaniya, Daniya, Norvigiya, Shvetsiya davlatlari Monarxiyani qaysi shakliga misol bo’ladi?


                    II–variant     
1. Fuqarolik jamiyatida asosiy andoza va hal qiluvchi bo'g’in……
a) Siyosiy partiyalardir
b) Fuqarolardir.
c) Davlatdir
d) Oiladir
2. Davlatni huquqqa bo’lgan munosabatiga qarab ……… turlariga ajratish mumkin.
a) Etatik, qonuniy va huquqiy
b) Huquqiy, fuqarolik va etatik
c) Etatik, huquqiy va oraliq
d) Fuqarolik, etatik va oraliq
3. Davlat  organi - ……..
a) Davlatning majburlov aparati
b) Davlat nazorat organi
c) Vakolatli davlat idorasi
d) b va d javoblar to’g’ri
4. O’zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishidan oldin necha marta xalq muhokamasidan o’tkazildi?
a) 2
b) 3
c) 4
d) 1
5. O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakolatlarining taqsimlanishi quydagicha amalga oshiriladi…………..
a) Oliy Majlis deputatlari o’rtasida.
b) Qaraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar o’rtasida.
c) Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyatlari o’rtasida
d) Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati o’rtasida
6. O’zbekiston  Respublikasida  davlat hokimiyatining bo’linish prinsipi Konstitutsiyaning nechanchi moddasida mustahkamlangan?
a) 10
b) 9
c) 11
d) 12
7. Davlat tuzilish shakli qanday turlarga bo’linadi?
a) Respublika, Monarxiya
b) Unitar, federativ, konfederativ
c) Demokratik, nodemokratik
d) Parlament, Respublika, Monarxiya
8. Bir necha davlatlarning  birlashuvidan hosil  bo’lgan murakkab ittifoqdosh davlat………
a) Unitar davlat
b) Federativ davlat
c) Konfederatsiya
d) Respublika
9. Hozirda jahonda qancha federativ davlat bor? 
a) 10 dan ortiq
b) 15 dan ortiq
c) 20 dan ortiq
d) To’g’ri javob yo’q
10. Davlat hokimiyatini amalga oshirish usuli……….
a) Siyosiy tartibot
b) Demokratiya
c) Respublika
d) Monarxiya
11. Nodemokratik tartibotning qanday ko’rinishlari  bor?
a) respublika, monarxiya
b) fashistik, demokratik
c) totalitar, fashistik
d) Barchasi to’g’ri
12. “Fozil odamlar shahri” asari muallifi  kim?
a) Abu Nasr Farobiy
b) Al-Farg’oniy
c) Ibn Sino
d) Burxoniddin  Marg’iloniy
13. “Jamiyatda  huquqiy madaniyatni yuksaltirish  Milliy dasturi” qachon qabul qilingan?
a) 1998 yil 24 aprel
b) 1997 yil 29 avgust
c) 1996 yil 2 iyul
d) 1995 yil 26 dekabr
14. O’zbekiston  Respublikasi ijro etuvchi  hokimiyat……..
a) Oliy Majlis
b) Vazirlar Mahkamasi
c) Sud
d) Prokuratura
15. O’zbekiston  Respublikasi Prezidenti  lavozimiga nomzod bo’lgan shaxslarga qanday talablar qo’yilgan?
a) 35 yoshdan kichik bo’lmaslik, O’zbekiston fuqarosi.
b) Bevosita  saylashgacha kamida 10 yil O’zbekiston hududida muqim yashaganlik, davlat tilini yaxshi bilishi.
c) 30 yoshdan kichik bo’lmaslik, davlat tilini yaxshi  bilish, O’zbekiston fuqarosi bo’lish.
d) a va b javoblar to’g’ri
16. Respublika so’zining lug’aviy ma’nosi nima?
17. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolati muddati necha yil?
18. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi  yuqori palatasi…………
19. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasini 15 nafan deputati  qanday saylanadi?
20. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining vakolat muddati………
21. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qancha a’zosi Prezident tomonidan tayinlanadi?
22. Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda barcha deputatlar va senatorlarning qancha qismi ishtirok etishi shart?
23. Vazirlar Mahkamasi tarkibi kim tomonidan shakllantiriladi?
24. Mustaqilligini saqlab qolgan holda biror–bir maqsadga erishish uchun birlashgan davlatlar ittifoqi………….
25. Tinchlik va osoyishtalikni  ta’minlash, tashqi xavf–xatardan mudofaa davlatning qaysi funksiyasiga kiradi?