Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 7-октябрь 2024, 17:11
 Bosh sahifa  Mobile versiya

9-sinflarga Huquq fanidan nazorat ishi testlari

I-variant
1. Konstitusiya – bu :
a) davlatning asosiy qonunlaridan biridir.
b) davlatning boshqa qonunlari ustidan oliy kuchga ega bo’lgan oliy qonundir.
c) davlat tuzilishining huquqiy negizidir.
d) davlat qonunlari to’plamidir.
2. Konstitusiyaga muvofiq davlatimiz nomi 
a) O’zbekiston Demokratik Respublikasi
b) O’zbekiston.
c) O’zbekiston  Respublikasi.
d) to’g’ri javoblar b va c.
3. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi qachon qabul qilingan?
a) 1992 yil 8–dekabr.
b) 1992 yil 17–oktabr
c) 1993 yil 7-yanvar.
d) 1991 yil 1–sentabr.
4. Hozirgi Konstitutsiya qancha bo’lim, bob va moddadan iborat?
a) muqaddima 7 bo’lim, 26 bob, 128 modda.
b) muqaddima 6 bo’lim, 26 bob, 128 modda.
c) muqaddima 5 bo’lim, 24 bob, 128 modda.
d) muqaddima 9 bo’lim, 126 modda.
5. O’zbekiston  Respublikasining tashqi siyosati qanday prinsplarga asoslanadi?
a) kuch ishlatmaslik.
b) nizoli masalalarni tinch yo’l bilan hal etish.
c) davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik.
d) hamma javoblar to’g’ri.
6. “O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to’g’risida”gi Qonun qachon qabul qilingan?
a) 1994–yil 1-may.
b) 1992–yil 2-iyul.
c) 1993–yil 7–fevral.
d) 1990–yil 22-iyul.
7. Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi qachon qabul qilingan?
a) 1948-yil 10-dekabr.
b) 1952–yil 17-yanvar.
c) 1961-yil 2-sentabr.
d) 1970–yil 1–yanvar.
8. Preambula nima?
a) mundarija.
b) muqaddima.
c) bo’lim.
d) bob.
9. Suverenitet -bu :
a) ichki ishlarda davlat mustaqilligi.
b) tashqi ishlarda davlat mustaqilligi.
c) davlatning boshqa davlatlardan to’la mustaqilligi
d) hamma javoblar  to’g’ri.
10. “O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risida”gi Qonun qachon qabul qilingan?
a) 1991-yil 31-avgust
b) 1992–yil 8-dekabr.
c) 1992–yil 1-may.
d) 1990–yil 29-dekabr.
11. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1 bo’limi necha bob va moddadan iborat?
a) 4 bob, 17 modda 
b) 5 bob, 27 modda
c) 7 bob, 37 modda 
d) 2 bob, 12 modda 
12. Qaysi qonun  yoki  me’yoriy  hujjat  konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbai sanaladi?
a) Prezident farmonlari 
b) Konstitutsiya 
c) Oliy Majlis qarorlari 
d) hamma javoblar to’g’ri
13. O’zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyatining yagona manbai?
a) Prezident          
b) Xalq
c) Oliy Majlis         
d) Konstitutsiya
14. O’zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida qonuniylik prinsiplaridan biri – qonunlarning umummajburiyligi mustahkamlab qo’yilgan?
a) 1-modda
b) 89–modda
c) 15–modda
d) 194–modda 
15. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq  davlat uning organlari va mansabdor shaxslar quyidagiga muvofiq ish ko’rishlari lozim:
a) O’zbekiston Respublikasi qonunlariga 
b) Maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqqan holda.
c) Xalqaro huquqqa muvofiq.
d) To’g’ri javob yo’q.
16. Konstitutsiya so’zining lug’aviy ma’nosi nima?
17. “O’zbekiston Respublikasi Davlat  bayrog’i to’g’risida” gi qonun qachon qabul qilingan?
18. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini tayyorlash bo’yicha konstitutsiyaviy komissiya qachon tuzilgan edi?
19. Inson huquqlari necha guruhga bo’linadi?
20. O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasining 1–bo’limi qanday nomlanadi?
21. O’zbekiston Respublikasi Oliy vakillik organi qaysi?
22. Demokratiya so’zining lug’aviy ma’nosi?
23. Apartid - …….
24. Sudyalar deputat bo’lishi mumkinmi?
25. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga binoan insonning to’la hajmdagi muomala layoqati necha yosh?


II-variant
1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining II bo`limi qaysi muammoga bag`ishlangan?
a) insonning asosiy huquq va erkinliklariga 
b) inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari 
c) fuqarolarning burchlariga 
d) a, b, c javoblar to`g`ri
2. Vijdon erkinligi- fuqoralarning quyidagi huquqlaridir
a) istalgan dinga mansub bo`lish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik 
b) istalgan mafkuraga ishonish yoki hech qanday mafkuraga ishonmaslik
c) ish va yashash joyini tanlash erkinligi
d) barcha javoblar to`g`ri 
3. O`zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgandir, bu narsa quyidagini anglatadi:
a) davlatning bu tashkilotlar faoliyatiga aralashmasligini
b) diniy tashkilotlar davlatning vazifalarini bajarmaydilar
c) davlatda diniy tashkilotlar taqiqlangan
d) hamma javoblar to`g`ri
4. Konstitutsiyaga muvofiq Respublikada fikrlash erkinligi cheklanganmi?
a) yo`q
b) ha, hukumat orgalarini tanqid qilish taqiqlangan
c) ha, agar bu narsa davlat siridan iborat bo`lsa
d) to’g`ri  javoblar a va c
5. Jinoiy javobgarlik qaysi yoshdan boshlanadi?
a) 18 yoshdan
b) 21 yoshdan
c) 16 yoshdan, ayrim jinoyatchilar uchun 13 yoshdan
d) 13 yoshdan ayrim jinoyatchilar uchun 12 yoshdan
6. Apatridlar – bu:
a) fuqoroligi bo`lmagan shaxslar
b) mamlakatning tub ahliga mansub bo`lmagan aholisi
c) fuqorolikni qabul qilgan boshqa davlatdan ko`chirilganlar
d) ikkinchi fuqorolikni qabul qilgan ajnabiy fuqorolar
7. Qaysi hujjat fuqorolik mavjudligini tasdiqlaydi?
a) shaxs guvohnomasi
b) pasport
c) tug`ilganlik to`g`risadagi guvohnoma
d) to`g`ri javoblar b va c
8. Ombudsmon – bu:
a) BMTning O`zbekistondagi vakili
b) Oliy Majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili
c) barcha xalqaro tashkilotlarning O`zbekistondagi vakili
d) Prezidentning inson huquqlari bo`yicha vakili
9. Fuqorolik – bu:
a) insonning o`zi yashaydigan davlat bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalari
b) insonning o`zi yashaydigan davlat bilan faqat iqtisodiy aloqalari
c) insonning o`zi yashaydigan davlat bilan siyosiy va huquqiy aloqalari
d) insonning millatiga bog`liq holda davlatga mansubligi
10. Xorijiy davlat fuqaroligiga ega bo’lgan shaxs O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi mumkinmi?
a) xorijiy davlat fuqaroligidan vos kechishi sharti bilan 
b) O’zbekistonga kelib yashash sharti bilan
c) mumkin emas
d) To’g’ri javob yo’q
11. Qaysi hollarda fuqarolikdan chiqishga yo’l qo’yilmaydi.
a) agar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan bo’lsa
b) agar  fuqarolikdan chiqish davlat xavfsizligi manfaatlariga zid bo’lsa
c) agar shaxs oilasi bilan ajrashgan bo’lsa
d) a va b javoblar to’g’ri
12. Konstitutsiyaga muvofiq insonning shaxsiy huquq va erkinliklari jumlasiga kiradi:
a) yashash huquqi
b) shaxsiy daxlsizlik huquqi
c) ta’lim olish huquqi
d) a va b javoblar to’g’ri
13. Ko’rsatilganlardan qaysi biri insonning siyosiy huquqlariga kiradi.
a) erkin kasb tanlash huquqi
b) davlat ishlarida ishtirok etish huquqi
c) bir joydan ikkinchi joyga ko’chish huquqi
d) mulkdor bo’lish huquqi
14. Hokimiyat organlari mitinglar yig’ilishlar yoki fuqarolar namoyishlarini o’tkazishni taqiqlashga haqlimi?
a) ha, xavfsizlik nuqtai nazardan
b) O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga barcha hollarda so’z erkinligi kafolatlangan
c) yo’q, also
d) to’g’ri javob yo’q
15. O’zbekiston Respublikasida Konstitutsiyaviy tuzimni  ag’darib tashlash, davlat yaxlitligi va xavfsizligiga tahdid solish maqsadlariga ega bo’lgan maxfiy tashkilotlar tashkil qilishga ruxsat beriladimi?
a) ha
b) yo’q
c) faqat O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun
d) faqat davlat xizmatida bo’lmagan shaxslar uchun
16. Kim fuqarolarning konstitutsiya va qonunlar bilan mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklarini ta’minlaydi?
17. Kim O’zbekiston Respublikasi fuqarolari huquq va erkinliklari kafili sifatida ish ko’radi?
18. Qaysi yoshdan boshlab bolaning fuqarolikni o’zgartirishga yozma roziligi talab etiladi?
19. “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risida” gi qonun qachon qabul qilingan?
20. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining  XI bobi qanday nomlangan?
21. Bilim olish, malakali tibbiy hizmatdan foydalanish insonning qaysi huquqlari jumlasiga kiradi?
22. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo’yicha Konstitutsiya komissiyasi qachon tuzilgan?
23. Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi qachon ochilgan?
24. Inson huquqlarini himoya qiluvchi organlar?
25. Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalariga uyushish huquqi insonning qaysi  huquqlari jumlasiga kiradi?