Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 7-октябрь 2024, 17:11
 Bosh sahifa  Mobile versiya

8-sinflarga 3-chorak uchun Biologiya fanidan nazorat ishi testlari

1. Hujayralar tuzilmasi, jumladan, oqsil birikmalar tarkibiga kiradigan moddalarning parchalanishi yemirilishi qanday ataladi?
A) Assimlatsiya  
B) Dissimlatsiya
C) ikkalasi ham  
D) to`g`ri javob yo`q
2. 1g oqsil parchalanganda qancha energiya hosil bo`ladi?
A) 4,8kkal  
B) 9,3kkal    
C) 4,1kkal   
D) to`g`ri javob yo`q
3. Kerakli mikroelementlarni belgilang.
A) Na,Cl,Ca,Zn,Co,Al    
B) K,Fe, Co, O, P, Y   
C) Zn,Mn,Cu,F,Al,F    
D) to`g`ri javob yo`q
4. Vitamin so`zini birinchi bo`lib fanga kiritgan olim?
A) K.Funk   
B) I.Lunin   
C) I.Sechenov     
D) I.Pavlov
5. D vitatamini yetishmasa qaysi kasallik kelib chiqadi?
A) Beri-Beri          
B) Raxit    
C) Singa     
D) Asab
6. A vitamin qaysi mahsulotlar tarkibida ko`p bo`ladi?
A) bug`doy uni, loviya, no`xat   
B) limon, apelsin, pomidor  
C) sut va sut mahsulotlarida
D) baliq yog`i, jigar, sabzi
7. Ayirish organlarini belgilang.
A) yurak, arteriya, vena qon tomirlari
B) o`pka, Bronx, traxeya  
C) buyrak, teri, o`pka
D) me’da, ichak, jigar
8. Aralash bezlarga qaysi bezlar kiradi?
A) gipofiz, epifiz
B) buyrak usti, qalqon orqa
C) me’da osti , jinsiy bezlar    
D) qalqonsimon, ayrisimon
9. Nafas olish organlarini ketma-ketlikda sanang.
A) og`iz, burun bo`shlig`i, traxeya, Bronx,o`pka
B) burun bo`shlig`i, hiqildoq, traxeya, Bronx, o`pka, plevra pardasi
C) og`iz, burun bo`shlig`i, o`pka, plevra pardasi, Bronx
D) burun bo`shlig`i, hiqildoq, og`iz, Bronx, o`pka
10. Tinch turgan odam bir minutda necha marta nafas oladi?
A) 10-13marta   
B) 12-15marta  
C) 16-18marta  
D) 18-22marta
11. Qaysi gormonning 65%dan ko`prog`i yod moddasidan iborat?
A) tiroksin   
B) timozin  
C) adrenalin   
D) insulin
12. Qaysi bez balog`at yoshiga yetguncha kattalashib, undan so`ng asta-sekin kichiklasha boradi?
A) qalqonsimon  
B) buyrak usti  
C) me’da osti
D) ayrisimon
13. Sog`lom odam qonida qand miqdori qancha bo`ladi?
A) 70-100mg%   
B) 60-110mg%  
C) 75-90mg%  
D) 80-120mg%
14. Markaziy nerv sistemasiga…..kiradi.
A) bosh va orqa miya   
B) sezuvchi va harakatlantiruvchi nerv tolalari  
C) bosh miya katta yarimsharlari  
D) Nerv tugunlari
15. Uzunchoq miyaning massasi qancha?
A) 7g  
B) 70g   
C) 170g   
D) 700g
16. Bosh miyaning qaysi qismi zararlansa odam mast odamga o`xshab gandiraklab harakatlanib qoladi?
A) o`rta miya  
B) uzunchoq miya  
C) oraliq miya  
D) miyacha
17. Arterial qon bosimining normaga nisbatan oshishi nima deb ataladi?
A) gipotoniya  
B) gepirtoniya  
C) gemofiliya   
D) insult
18. Qaysi organ qon deposi vazifasini bajaradi?
A) yurak  
B) taloq  
C) buyrak   
D) o`pka
19. Tana muskullari tarangligi va harakatini boshqaruvchi nerv markazini belgilang.
A) bosh miya katta yarim sharlari  
B) oqimtir yadro
C) targ`il tana  
D) barchasi to`g`ri
20. Nerv tolasining kasalligi qanday ataladi?
A) minengit   
B) ensefalit  
C) nevralgiya  
D) gangliolit
21. ”Bosh reflekslari” kitobi muallifi kim?
A) K.Funk   
B) I.Lunin   
C) I.Sechenov     
D) I.Pavlov