Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 7-октябрь 2024, 17:11
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabda ota-onalar yig'ilishi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 28-avgustida Yunusobod tumani 250-maktabda ota-onalar yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yunusobod tumani Bolalar bo'limi bo'yicha inspektor psixologlari leytenant D.N.To'ychiyev, Nomozov Akrom Turopovich hamda maktab ma'muriyati ishtirok etishdi. Yig'ilishda 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli 2024-yil 12-iyundagi 187-sonli hamda 2024-yil 23-avgustdagi 273-sonli buyruqlar ijrosini ta'minlash maktab ichki tartib qoidasi, odob-axloq qoidasi, forma masalasi, Jinoyatchilik va huquqbuzarlikga qarshi kurashish, yangi o'quv yiliga tayyorgarlik masalasi ko‘rildi. Yig'ilishda 125 nafar ota-onalar ishtirok etishdi.