Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 7-октябрь 2024, 17:11
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"Uch avlod uchrashuvi" tadbiri bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 20 dekabr kuni Yunusobod tumani 250-sonli o‘rtata’lim maktabida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda maktab ma’muriyati, Yunusobod tuman "Sevinch" MFY faxriylari Xamidova Zamira, Tillayev Yusuf ota, Nuriddinova Dilorom, "Sevinch" MFY raisi Mirodil Saidxodjayevlar faol qatnashishdi va so‘zga chiqib o‘quvchi yoshlarga o‘zlarini hayot yo‘llari, yoshlarni kelajakni o‘z qo‘llari bilan qurishlarini, buning uchun ular avvalam bor yaxshi baholarga o‘qishlarini, kelajakda siz yoshlar bizdanda ko‘ra yuqori cho‘qqilarni zabt etinglar degan so‘zlar bilan davra suhbati o‘tkazishdi. Maktab o‘quvchilari tomonidan sahna ko‘rinishlar, kuy - qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir yuqori saviyada ko‘tarinki ruxda bo‘lib o‘tdi.