Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 7-октябрь 2024, 17:11
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"Xalqaro qizlar kuni" nishonlandi

Bugun Toshkent shahar Yunusobod tumani 250-sonli maktabda "11-oktyabr "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan "Yangi O‘zbekistonda qadriyat ulug‘" mavzusida Oqila ayollar uchrashuvi tashkil etildi. "Erta nikoh, erta turmush", "Shar'iy nikohning salbiy oqibatlari" mavzusida hayotiy misollar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda maktab shifokori Sidiqova G, "Sevinch" MFY hamda "Yunusota" MFY xotin-qizlar faollari Usmonova I, Almanova S.lar, maktab xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Shermuxamedova G.lar ishtirok etib, qizlarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi. Tadbirda 9-10-11-sinf o‘quvchilaridan 135 nafar o‘quvchi qizlar qatnashdi.