Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 7-октябрь 2024, 17:11
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"Xon atlas" kuni tadbiri o‘tkazildi

2022-yilning 29-sentyabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani 250-sonli umumta'lim maktabida ayollarning milliy qadriyatlarini nafisligini namoyon etuvchi o‘zbek ayolining go‘zalligini e'tirof etuvchi "Xon atlas" kuni tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda o'qituvchilar boshchiligida o'quvchilar ham ishtirok etishdi. Maktab o'qituvchilari milliy matoimizdan tikilgan liboslar kiyib, yosh avlodga o'rnak bo'lishdi. Tadbir davomida milliy matolar va liboslarimiz tarixi, qadimda ayollarning kiyinish madaniyati to'g'risida o'quvchilarga axborot berildi. Shundan so'ng, o'quvchilar tomonidan milliy liboslarda milliy o'zbek raqslari ijro etildi, she'rlar aytildi. Bu kabi tadbirlar o'quvchilarda milliy merosimizni qadrlash va uni avaylash tuyg'usini shakllantirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.