Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 13-октябрь 2025, 16:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E'zoza Karimova Gruziya Respublikasi Fan, ta'lim va yoshlar ishlari vaziri Givi Mikanadze boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi


Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, raqamli ta’lim va innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar pedagogik oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarurligini qayd etdilar. 

Shu doirada qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib olindi.